Huawei 1
Samarqandda yo‘l chetidagi “KamAZ”ga urilgan Nexia haydovchisi vafot etdi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida 27 oktyabr kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati YHXB maʼlumot berdi.

YTH soat 4:00 atrofida G‘azira mahallasidan o‘tgan yo‘lda yuz bergan. Nexia haydovchisi harakat vaqtida o‘zi tomondagi yo‘l chetida nosoz holda to‘xtab turgan “KamAZ-5511” yuk mashinasining old o‘ng tomoniga borib urilgan.

Oqibatda Nexia haydovchisi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonada vafot etgan.

YTHB mutasaddilari hodisa yuz bergan mahallada aholi bilan yig‘ilish o‘tkazib, yo‘llarda qoidalarga amal qilishga chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты