Fransiya prezidenti Emmanuel Makron JCh-2022 finaliga 3 nafar futbolchining kelishini xohlamoqda
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Karim Benzemani Qatardagi Jahon chempionati finalida koʻrmoqchi.
Sport vaziri Ameli Udea-Kasteraning taʼkidlashicha, davlat rahbari terma jamoaning Argentina bilan oʻyinida jarohat tufayli chempionatni oʻtkazib yuborgan futbolchilar stadionda boʻlishini xohlaydi. Gap Benzema (“Real Madrid”), Ngolo Kante (“Chelsi”) va Pol Pogba (“Yuventus”) haqida ketmoqda.
“Bu — rivojlanayotgan reja. Qoʻllab-quvvatlash nuqtayi nazaridan nima qilishimiz mumkinligini koʻrib chiqamiz. Prezident turnirni oʻtkazib yuborayotgan futbolchilar bu sarguzashtda ishtirok etishlarini istaydi”, — deydi Udea-Kastera.
Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr, yakshanba kuni Argentina hamda Fransiya terma jamoalari o‘rtasida final bahsi o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112606 | Инструменты