Futbol: O‘zbekiston U-23 jamoasi Ispaniyaga qarshi durang o‘ynadi

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Ispaniya yoshlar terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik futbolchilar ilk daqiqalardan ancha faol harakat qilishdi. Nomdor Ispaniya jamoasi ham qator hujumlar uyushtirdi. Biroq har ikki jamoa harchand urinmasin, birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham hisob ochilmadi. Qo‘shib berilgan to‘rt daqiqadan jamoalar unumli foydalana olishmadi. Natijada O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi bahs nursiz durang bilan yakunlandi.

Endi O‘zbekiston jamoasi 16-oktabr kuni Misrga qarshi navbatdagi o‘yinda maydonga tushadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92115 | Инструменты