Kuni kecha futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Osiyo Kubogi—2023 musobaqasida g‘olib bo'lib, chempionga aylandi. Ushbu o'yinning finalida o'zbekistonlik yoshlar Iroqni 1:0 hisobda mag‘lub etdi.
O‘zbekiston uchta yosh toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan beshinchi mamlakatga aylandi. O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 2012-yilda qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchi o‘rtasidagi g‘oliblik 2018-yili qayd etilgan.
Bunga qadar Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni va Iroq mazkur treblga erishgandi. O‘zbekistondan farqli o‘laroq yuqoridagi to‘rt mamlakat kattalar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida ham zafar quchgan.
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ikkinchi marta Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Xitoyda o‘tgan U-23 Osiyo Kubogi—2018 da ham Haydarov qo‘l ostidagi jamoa chempion bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21223 | Инструменты