Huawei 1
Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

12 fevral kuni prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegramʼdagi kanaliga yozib qoldirdi.

Qayd etilishicha, suhbatda tez o‘zgarayotgan voqeliklarni inobatga olgan holda AQShning yangi ma’muriyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

«Shuningdek, ayollar uchun imkoniyatlar yaratish, ta’lim sohasini yaxshilash hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdik», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirlarida Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashgan edi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21302 | Инструменты