Huawei 1
Lahorda “Made in Uzbekistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi

11 fevral kuni Pokistonning Lahor shahridagi “Expo Centre Lahore” markazida “Made in Uzbekistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Tadbirda O‘zbekistonning to‘qimachilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, elektrotexnika va boshqa sohalardagi ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda.

Ko‘rgazma doirasida mahalliy va xorijiy tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik shartnomalarini imzolash, tajriba almashish hamda yangi eksport yo‘nalishlarini belgilash rejalashtirilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil holati bo‘yicha O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 404,4 million AQSH dollarini tashkil etgan. Shuning 62,3 million dollari (umumiy eksportning 20,8 foizi) to‘qimachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” brendi ostida turli sohalardagi ishlab chiqaruvchilar uchun maxsus stendlar ajratilgan. Jumladan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi uchun ham alohida maydon taqdim etilgan bo‘lib, bu yerda 30 dan ortiq mahalliy kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Uyushma axborot xizmatining xabar berishicha, ko‘rgazma 13 fevral kuni o‘z ishini yakunlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21302 | Инструменты