Huawei 1
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlari takomillashtiriladi

“Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-51-son, 11.02.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2025-yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XMI/XHMT) ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bo'yicha quyidagi maqsadli ko'rsatkichlar belgilandi:

— davlat kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlar hisobidan belgilangan miqdoridagi mablag'larni o'zlashtirish;

— kafolatlanmagan kreditlar hisobidan belgilangan miqdoridagi mablag'larni o'zlashtirish;

— belgilangan miqdoridagi istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganish.

Mazkur maqsadli ko'rsatkichlarga erishishni ta'minlash uchun xalqaro XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalari bilan ishlash bo'yicha Favqulodda shtab va uning hududiy shtablari tashkil etiladi.

XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlarini tuzish amaliyoti 2025-yil 1-martdan bosqichma-bosqich tugatiladi  va barcha funksiyalari Loyihani ijro etuvchi agentliklarning tegishli bo'linmalariga yuklatiladi.

2025-yil 1-iyungacha “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ekspertizadan o'tkazilib, XMI/XHMT tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida elektron xaridlarni amalga oshirish bo'yicha maxsus axborot portali ishga tushiriladi hamda raqamli xarid tartib-qoidalariga o'tiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21300 | Инструменты