Huawei 1
Futbol U-20: Oʻzbekiston — Yangi Zelandiya uchrashuvini yamaykalik hakamlar boshqaradi

U-20 jahon chempionatining 2-turidan oʻrin olgan Oʻzbekiston — Yangi Zelandiya uchrashuviga hakamlar tayinlandi. Mazkur bellashuvni yamaykalik Osheyn Entoni Neyshn boshqarib boradi.

Unga hamyurtlari Ajay Joan Duxan va Jasset Kerr-Uilson yordam beradi. Toʻrtinchi hakam sifatida mavritaniyalik Abdulaziz Muxammad Buh ishlaydi. VARda esa nikaraugalik Tatyana Auksiliadora Gusman Algera hamda fransuz Villi Delayod ish yuritadi.

“A” guruhidan oʻrin olgan mazkur ushrashuv ertaga – 23-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.

Eslatib oʻtamiz, Argentinada start olgan U-20 jahon chempionatining ochilish uchrashuvida futbolchilarimiz mezbon terma jamoasi bilan kuch sinashdi

Avvalroq, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov U-20 Jahon chempionati oldidan jamoaning tayyorgarligi va tarkibi haqida ma'lumot bergandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120406 | Инструменты