Huawei 1
Tarakanlar bosishi sabab yaroqsiz holga kelgan uy egalariga yangi uy-joylar ajratiladi

Endi my.gov.uz portalida yangi ishga tushirilgan xizmatidan foydalanib, termitlar yoki boshqa hasharotlar tufayli yaroqsiz holga kelib qolgan uyni boshqasiga almashtirish mumkin. Bu haqda YAIDXP Matbuot xizmati xabar qildi. 

Bu xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

my.gov.uz orqali davlat xizmatidan foydalanib, uyingizni bepul tekshirtiring.

Tekshiruv natijasida uyingiz yashash uchun yaroqsiz deb topilsa, tegishli xulosani oling.

Mazkur xizmatdan nafaqat uy egalari, balki unda istiqomat qiluvchilar ham foydalanishlari mumkin.

Uy haqiqatan yashash uchun yaroqsiz deb topilsa, bu sizning davlat tomonidan uy-joy bilan taʼminlanishingiz uchun asos hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты