Huawei 1
“Goal” nashri o'z talqiniga ko‘ra “Oltin to'p”ga da'vogarlar yakuniy o‘nligini e'lon qildi

Britaniyaning “Goal” nashri oʻz talqiniga ko‘ra “Oltin toʻp” sovrini daʼvogarlari reytingi yakuniy oʻnligini eʼlon qildi.

Ushbu sovrinni topshirishda endi yillik taqvim yakunlari boʻyicha emas, futbol mavsumi yakunlariga koʻra aniqlanishi ham ushbu reytingda oʻyinchilar oʻrniga taʼsir qilgan. 

Unga koʻra, yakunlangan mavsumda YCHL gʻolibi va La Liga chempioni boʻlish bilan birga toʻpurarlar borasida yakka peshqadamlikni qoʻlga kiritgan Karim Benzema kutilganidek 1-oʻrinda qayd etilgan. 

Top-10lik reyting quyidagicha koʻrinish olgan:

1. Karim Benzema (“Real”);

2. Sadio Mane (“Liverpul” / “Bavariya”);

3. Muhammad Saloh (“Liverpul”);

4. Robert Levandovski (“Bavariya” / “Barselona”);

5. Kilian Mbappe (PSJ);

6. Vinisius Junior (“Real”);

7. Luka Modrich (“Real”);

8. Kevin de Bruyne (“Manchester Siti”);

9. Tibo Kurtua (“Real”);

10. Fil Foden (“Manchester Siti”).

Avvalroq, “Frans Futbol”ning “Oltin to'p” uchun yakuniy nomzodlar o‘ttizligini e'lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 8
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102418 | Инструменты