Angliyaning “Manchester Siti” klubi ustozi Pep Gvardiola jarohat olgan futbolchilar “Arsenal”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligini aytdi. Bu haqda u o‘yin oldi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
31 yanvar kuni APL doirasidagi “Arsenal” - “Manchester Siti” o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “shaharliklar” murabbiyi Pep Gvardiola jarohat olgan futbolchilar haqida gapirdi.
“Jarohat olgan futbolchilar to‘liqligicha tuzalmasdan turib, “Arsenal”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi”, dedi Gvardiola.
Ma’lumot o‘rnida, ayni damga kelib, “Manchester Siti” tarkibidagi futbolchilar orasida Ruben Diash, Natan Ake, Jeremi Doku, Rodri jarohat olgan va “Arsenal”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. “Arsenal” - “Manchester Siti” o‘rtasidagi bahs 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21703 | Инструменты