Huawei 1
Husayn Norchayev Portugaliya klubiga o‘tmaydigan bo‘ldi

O‘zbekistonlik futbolchi Husayn Norchayev Portugaliyaning “Braga” klubiga viza sabab o‘tmaydigan bo‘ldi.

Klub futbolchiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun xat yuborgan. Norchayev Qatardagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inini erta tark etib, Toshkentga qaytdi. Portugaliyada qishki transfer oynasi 3 fevral kuni yopiladi.

O‘zbekistonda Portugaliya elchixonasi yoki vakolatxonasi yo‘qligi sababli futbolchining agentlari Toshkentdagi Fransiya elchixonasi orqali Rossiyadagi Portugaliya elchixonasiga aloqaga chiqqan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham futbolchiga yordam qo‘lini cho‘zgan. Biroq Portugaliya elchixonasi xodimlari qisqa muddatda viza tayyorlab bera olmasligi, futbolchidan dushanba kuni Moskvaga uchib kelishni so‘ragan. Dushanba kuni Portugaliyada qishki transfer oynasi yopiladi. Futbolchi bu paytda o‘sha yerda bo‘lishi talab qilinadi.

Ayni shu sabab bilan mazkur transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Norchayev 2002-yil, 6-fevral kuni Qashqadaryoda tug‘ilgan. O‘tgan mavsumni Farg‘onaning “Neftchi” klubida o‘tkazdi. Transfermarkt portali futbolchini 400 ming yevroga baholagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20120 | Инструменты