Bunaqasi tarixda bo‘lmagan
Saudiya Arabistoni, Misr va Gretsiya 2030-yilgi jahon chempionatiga birgalikda mezbonlik qilmoqchi. Agar ariza muvaffaqiyatli qabul qilinadigan bo‘lsa, turnir tarixda ikkinchi bor qishda, Qatarda boʻladigan jahon chempionati singari oʻtkaziladi.
“The Times” nashrining xabar berishicha, bir necha hafta ichida Saudiya Arabistoni, Misr va Gretsiyaning turnir mezbonligi uchun qoʻshma arizasi rasman eʼlon qilinadi.
Agar bu mamlakatlarga mezbonlik huquqi berilsa, Saudiya Arabistoni Misr va Gretsiyadagi infratuzilmani tayyorlash xarajatlarining bir qismini oʻz zimmasiga oladi. Qayd etilishicha, bu harakat Ispaniya va Portugaliyaning qoʻshma arizasiga jiddiy raqobatchi boʻladi. UEFA arizani qoʻllab-quvvatlashi mumkin, chunki Saudiya Arabistoni, Misr va Gretsiya uch xil qitʼadadir. Bunaqasi tarixda boʻlmagan. Bu yangicha yo‘l bo‘ladi.
Ushbu ariza Osiyo, Afrika va ayrim Yevropa davlatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi kutilmoqda. Unga Yevropaning top ligalari qarshilik qilishi mumkin, chunki qishdagi mundial sabab ular milliy chempionatlarni bir oydan koʻproq vaqtga toʻxtatishlariga toʻgʻri keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13103 | Инструменты