IFFHS shuningdek, qit’aning 2022-yildagi ramziy jamoasini tuzdi
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi IFFHS talqiniga koʻra, Janubiy Amerika qitʼasining 2022-yildagi eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi 2022-yil yakunlariga koʻra Janubiy Amerika qitʼasining (KONMEBOL) ramziy jamoasini ham eʼlon qildi. Tarkibdan JCH-2022 gʻolibi boʻlgan Argentina milliy jamoasining 7 nafar aʼzosi joy olgan.
Darvozabon: Emiliano Martines (Argentina, “Aston Villa”);
Himoyachilar: Nikolas Otamendi (Argentina, “Benfika”), Tiago Silva (Braziliya, “Chelsi”), Kristian Romero (Argentina, “Tottenhem”);
Yarim himoyachilar: Rodrigo De Pol (Argentina, “Atletiko”), Kazemiro (Braziliya, “Real”/“Manchester Yunayted”), Enso Fernandes (Argentina, “River Pleyt”/“Benfika” / “Chelsi”), Vinisius Junior (Braziliya, “Real”);
Hujumchilar: Neymar (Braziliya, “PSJ”), Xulian Alvares (Argentina, “River Pleyt”/“Manchester Siti”), Lionel Messi (Argentina, “PSJ”).
Alpha version: 0.9.1.19 build 112609 | Инструменты