JCH-2026 saralash: O'zbekiston MTJ yana Eron bilan to'qnash keladi

Bugun, 27-iyul kuni OFKning Kuala-Lumpurdagi bosh qarorgohida 2026-yilgi jahon chempionati va 2027-yilgi Osiyo kubogi turniri qo‘shma saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki saralash bosqich qur’asida FIFA reytingining eng quyi qismida borayotgan Osiyoning 20 ta milliy jamoasi 10 ta juftlikka ajratildi. Juftlik g‘oliblari ikkinchi bosqichga yo‘llanma oladi.

Birinchi bosqich qur’a natijalari:

1. Afg‘oniston – Mo‘g‘uliston
2. Maldiv orollari – Bangladesh
3. Singapur – Guam
4. Yaman – Shri-Lanka
5. Myanmar – Makao
6. Kamboja – Pokiston
7. Xitoy Taypeyi – Sharqiy Timor
8. Indoneziya – Bruney
9. Hongkong – Butan
10. Nepal – Laos.

O‘zbekiston milliy jamoasi esa JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 saralashidagi ishtirokini 2-bosqichdan boshlaydi. Qur’aga ko‘ra, Srechko Katanes shogirdlari Eron, Turkmaniston va Hongkong/Butan juftligi g‘olibi bilan E guruhidan joy oldi.Jamoamiz dastlabki turni 16-noyabr kuni Turkmanistonga qarshi safar o‘yini bilan boshlaydi. Ikkinchi turda esa 21-noyabr kuni Eron O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi.O‘zbekiston milliy jamoasining E guruhidagi o‘yinlari taqvimi:

16-noyabr. Turkmaniston - O‘zbekiston
21-noyabr. O‘zbekiston - Eron
21-mart, 2024. Hongkong/Butan - O‘zbekiston
26-mart, 2024. O‘zbekiston – Hongkong/Butan
6-iyun, 2024. O‘zbekiston - Turkmaniston
11-iyun, 2024. Eron – O‘zbekiston.

Ma’lumot uchun, har bir guruhdan 1-2-o‘rindagi jamoalar 3-saralash bosqichiga yo‘llanma oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты