Kelasi yozda “Real Madrid”ning 7 nafar futbolchisida shartnoma yakunlanadi. Ulardan 2 tasi klubni tark etadi
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi 2023-yil yozida bir nechta futbolchisi bilan xayrlashadi. “AS” nashrining xabar berishicha, 2023-yilning yozida Madrid klubining 7 nafar futbolchisida shartnoma muddati yakunlanadi. Klub yaqin vaqtlar ichida ularning ba'zilari bilan yangi shartnoma tuzish borasida ishlar olib bormoqda.
Ta'kidlanishicha, shartnomasi yakunlanadigan futbolchilar Karim Benzema, Luka Modrich, Toni Kroos, Marko Asensio, Dani Sebalyos, Mariano Dias hamda Nacho hisoblanib, ularning deyarli barchasi klubda qolishni istamoqda. Klub Benzema va Kroos bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli o'tkazgan va ularning shartnomalari uzaytirilishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan. Shuningdek, klub Modrichni ham jamoada olib qolmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, hozircha ketishi aniq bo'lib ulgurgan futbolchilar Marko Asensio hamda Mariano Diasdir. Ular yangi mavsumni boshqa jamoa safida boshlaydi. Nacho bilan shartnomani bir mavsumga uzaytirish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Dani Sebalyosning kelajagi borasidagi savol esa haligacha hal qilinmagan.
Avvalroq, Germaniya terma jamoasi futbolchisi Tomas Myullerning o'z jamoasini “Real”ga qiyoslagani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11209 | Инструменты