Konya-2021: Delegatsiyamiz musobaqa doirasidagi ilk kumush medaliga sazovor bo'ldi
Hozirgina Turkiyaning Konya shahrida oʻtkazilayotgan Islom birdamligi oʻyinlarida delegatsiyamiz oʻzining ilk kumush medaliga sazovor boʻldi. Unga velosportchimiz Yanina Kuskova mualliflik qildi.
Bir necha soat avval velotrekning yakkalik taʼqib poygasi dasturida mahoratli vakilamiz Yanina Kuskova saralashdan muvaffaqiyatli oʻtib, oltin medal uchun kurashni naqd qilgan edi. Trekning yakkalik taʼqib poygasi dasturida ishtirok etgan Kuskova finalda qozogʻistonlik Rinata Sultanovaga imkoniyatni boy berib qoʻydi va kumush medaliga sazovor bo'ldi.
Avvalroq, Konya-2021 doirasidagi ilk startdayoq Sofiya Karimova medalga ega chiqqani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40416 | Инструменты