Huawei 2
Krishtianu Ronaldu ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilinadi

“Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Superkubogi nimchorak finalida “Al-Hilol”ga qarshi o‘yinda (1:2) qizil kartochka olgani uchun ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi, deb xabar berdi “Asharq al-Awsat”.

Manbaga ko‘ra, Saudiya futbol federatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi Ronalduni ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilish haqida qaror qabul qiladi. Shu bilan birga, qo‘mita portugaliyalikni o‘yindagi voqea yuzasidan so‘roq qilgan va futbolchi nohaq qizil kartochka olganini aytgan.

Eslatib o'tamiz, 86-daqiqada Ronaldu raqibga tirsagi bilan zarba bergani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga