Huawei 1
Krishtianu Ronaldu “Oltin to'p” mukofoti uchun nomzodlar reytingida nechinchi o'rinni olgani ma'lum bo'ldi

“Oltin toʻp” soʻrovnomasida Krishtianu Ronaldu qaysi oʻrinni egallagani maʼlum boʻldi.

Sovrin tashkilotchisi “France Football” nashri xabariga koʻra, “Manchester Yunayted” hujumchisi 20-oʻrinni egallagan.

Eslatib oʻtamiz, portugaliyalik forvard ushbu sovrinni 5-marta — 2008, 2013, 2014, 2016 va 2017-yillarda yutgan. 6-marta 2-oʻrinni egallagan (2007, 2009, 2011, 2012, 2015, 2018-yillar). 2019-yilda esa 3-oʻrinda qayd etilgan.

Maʼlumot uchun, “Oltin toʻp”-2022 marosimi bugun, 17-oktyabr kuni soat 23:30da boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102418 | Инструменты