Huawei 1
Samarqand viloyatida oq boshli qumoy tabiatga qo‘yib yuborildi

Samarqand viloyatidagi Omonqo’ton milliy tabiat bog‘ida oq boshli qumoy tabiatga qo‘yib yuborildi.

Oq boshli qumoy — yirtqich qushlar turkumiga mansub bo’lib, O'zbekiston Qizil kitobiga va IUCN Qizil ro'yxatiga zaif, mahalliy keng tarqalgan kichik tur sifatida kiritilgan. Hisor tizmalarida u har doim kichik hajmda (16 ta qushlar galasi) qayd etilgan.

Avvalroq ushbu qushni Urgut tumani Jo‘zmon mahallasida yashovchi fuqaro Sh.T. topib, Urgut tumani ekologiya inspeksiyasi inspektorlariga topshirgan.

Zarafshon milliy tabiat bog‘i reabilitatsiya markazida maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng oq boshli qumoy tabiatga qo‘yib yuborildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi yovvoyi tabiatga g‘amxo‘rlik qilayotgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildiradi hamda noyob va yo‘qolib borayotgan hayvonlar turlarini asrab-avaylashda birgalikdagi sa’y-harakatlar muhimligini ta’kidlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102420 | Инструменты