Huawei 1
Farg‘onada onlayn qimor o‘yinlarini reklama qilgan Insta-bloger ushlandi

Farg‘ona viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi tezkor hodimlari tomonidan Instagram platformasidagi akkaunt foydalanuvchisi tavakalchilikka asoslangan onlayn qimor o‘yinlarini faol targ‘ib qilib kelayotganligini aniqlandi.

Aniqlanishicha, u turli reklama roliklarini o‘z sahifasiga joylashtirib, onlayn qimor reklamasini yo‘lga qo‘ygan.

Tezkor tadbirlar natijasida, mazkur akkaunt foydalanuvchisi bo‘lgan shaxs, 2002 yilda tug‘ilgan Quva tumanida yashovchi shaxs gumonlanuvchi tariqasida qo‘lga olindi.

Yuqoridagi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102420 | Инструменты