Portugaliyalik “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida uning sharafiga muzey ochilganini ma'lum qildi.
“Bu mening hikoyam. Madeyradan Saudiya Arabistonigacha mening imzo qo‘ygan CR7 muzeyim endi Ar-Riyodda ochildi”, - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmog‘ida.
Ronaldu muxlislari uning shaxsiy esdalik buyumlari, masalan, ko'ylaklari, shaxsiy mukofotlari va poyabzallari to'plamini o'rganishlari mumkin. Muzeyda hujumchining ko‘plab sovrin va medallari, jumladan beshta “Oltin to‘p” mukofotlari nusxalari ham namoyish etilgan. Muzeyda Ronalduning mum nusxasi ham namoyish etilgan.
Ronaldu “Al-Nasr”da 2023-yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo'ljallangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11512 | Инструменты