Kurtua: “Yaxshi darvozabonsiz sovrin yutib bo'lmaydi. Hujumchi 5-6 ta vaziyatni ko'kka sovursa, unutiladi. Bizda esa yo'q”
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi darvozaboni Tibo Kurtua futboldagi individual mukofotlar uchun ovoz berish jarayonlarida darvozabonlar eʼtibordan chetda qolayotganidan afsusda ekanligini aytdi.
“Oʻtgan mavsumda Chempionlar Ligasida nafaqat Vinisius, Valverde, Benzema yoki Rodrigo tufayli gʻalaba qozondik. Bunda mening ham xizmatlarim bor.
Endilikda zamonaviy darvozabonning vazifasi faqat gol oʻtkazmaslik emas. Hujumni qanday tashkil qilishimizni yoki raqib bosimidan qanday chiqishimizni birinchi pas bilan hal qilaman. Bugun biz deyarli pleymeykermiz, darvozabonlar siz oʻylagandan ham muhimroq. Yaxshi darvozabon boʻlmasa, sovrin yutib boʻlmaydi, ammo futbol mukofotlari masalasida bu baʼzida unutiladi. Odamlar posbonga emas, balki gol urgan hujumchiga koʻproq ovoz berishadi. Afsus. Shunday bo‘lsa ham, biz darvozabonlar muhimligini koʻrsatishda davom etaveramiz.
Darvozabon kichik xatoga yoʻl qoʻyishi bilanoq uni yoʻq qilib yuborishadi va jamoa u sabab magʻlubiyatga uchraganini aytishadi. Hujumchining 5-6 ta imkoniyatni boy berganini unutishadi”, — deydi belgiyalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, “Oltin toʻp-2022” uchun kurashda Kurtua 7-oʻrinni egalladi, ammo eng yaxshi darvozabon uchun “Lev Yashin” mukofotini qoʻlga kiritdi.
Buni ham o'qishingiz kerak:
Alpha version: 0.9.1.19 build 42420 | Инструменты