Huawei 1
Lionel Messi faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob berdi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi hali faoliyatini yakunlash niyatida emasligini maʼlum qildi.

«Mayami “Inter”ga o‘tishim men tez orada faoliyatini tugataman degani emas. Yana ko‘p yillar futbol o‘ynay olaman.

Men hali hamon sovrinlar yutishni istayman. Men oilamning qo‘llab-quvvatlashini his qilyapman, shuning uchun meni hali to‘xtatib bo‘lmaydi», — deb fikr bildirdi Messi.

Maʼlumot uchun, Messi 2024 yilda jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U jami 19 ta gol urdi va yana 12 ta golga assist qayd etdi. Uning AQSH jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilda yakunlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101818 | Инструменты