Huawei 1
Oltin narxi tinmay qimmatlashmoqda

Oltin narxi payshanba kuni Chikago tovar birjasi (CME)dagi savdolarda tarixda birinchi marta (1 troya unsiyasi uchun) 2712,25 dollarga ko‘tarildi.

17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:05 da Chikago birjasida dekabr oyi uchun oltin fyucherslari (bir unsiyasi uchun) $2711,05 dan sotilgan. Yil boshidan buyon ushbu qimmatbaho metall shartnomalari 30 foiz qimmatlashib, so‘nggi 14 yilda eng yuqori yillik o‘sishni namoyon etdi.

Oltin narxi 26 sentyabr kuni ilk marotaba (1 troya unsiyasi uchun) 2700 dollarlik dovondan oshgandi. Dunyoda iqtisodiy va geosiyosiy muvozanat buzilganida pullarni saqlashning eng ishonchli vositasi sanalgan oltin narxi qimmatlashishni boshlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101819 | Инструменты