Huawei 1
"Yil ayoli", “Zulfiyaxonim izdoshlari”, “To‘maris izdoshlari” nomli milliy tanlovlar o‘tkaziladi

"Yil ayoli", “Zulfiyaxonim izdoshlari”, “To‘maris izdoshlari” nomli milliy tanlovlar o‘tkaziladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva maʼlum qildi.

"Yil ayoli” milliy tanlovi 3 bosqichda o‘tkaziladi:

  • 1-bosqich – tuman va shaharlarda 20 oktyabrdan -  30 oktyabrgacha;  
  • 2-bosqich (hududiy bosqich) – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar  va Toshkent shahrida 5 noyabrdan -20 noyabrgacha;
  • respublika bosqichi dekabr oyining oxirgi 10 kunligida tantanali tarzda o‘tkaziladi.

Tanlovda 35 yoshdan yuqori bo‘lgan, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan hamda yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari ishtirok etishlari mumkin. 

“Zulfiyaxonim izdoshlari” tadbirlaridan maqsad Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib nomzodlarni izlab topish.

Tanlovning tuman-shahar bosqichlari 30-oktyabrgacha, hududiy bosqichlari  5-noyabrdan 20 noyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Hujjatlar tuman shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limlari qoshidagi komissiyaga taqdim etiladi. 

Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xotin-qizlar o‘rtasida jamoalar shakllantirilib,  “To‘maris izdoshlari” nomli milliy tanlovi o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu tanlov umumtaʼlim maktablaridagi yuqori sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida ham  o‘tkaziladi.  Tanlov doirasida uchrashuvlar, davra suhbatlari, muloqotlar tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101820 | Инструменты