Huawei 1
“Liverpul” futbolchisi jarohat sababli 6 haftaga safdan chiqdi

Angliyaning “Liverpul” klubi ispaniyalik yarim himoyachisi Tyago Alkantara Angliya Premyer-ligasining 1-turi doirasidagi “Fulhem”ga qarshi oʻyinda (2:2) jarohat oldi.

“The Athletic” nashrining xabar berishicha, 31 yoshli ispan futbolchisi ushbu jarohat tufayli taxminan 6 hafta maydonga tusha olmaydi. Manbaga koʻra, Alkantara tizzasidan jarohat olgan va u APLda 6 ta bahsni oʻtkazib yuborishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, 2021-22 yilgi mavsumda “Bavariya” sobiq yarim himoyachisi “Liverpul” safida barcha musobaqalarda 39 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 gol va 5 assistga mualliflik qilgan.

Eslatib o'tamiz, ilk turda mersisaydliklar debyutant bilan o'yinda 2:2 hisobida durang o'ynadi. Gollarga “Liverpul”dan Nunyez hamda Holand, “Fulhem”dan esa Mitrovich (dubl) mualliflik qildi.

Avvalroq, Sadio Manening “Liverpul” hamda “Bavariya” to'qnash kelsa, qaysi jamoa yutishi haqidagi fikrlari borasida xabar bergan edik.

Izohlar: 7
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51202 | Инструменты