Manba: Messi PSJ bilan yozda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Fransiyaning PSJ klubi bilan yozda amaldagi kelishuvi yakuniga yetadigan Lionel Messi keyingi faoliyatini Fransiyada davom ettiradi. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Parij klubi argentinalik 35 yoshli forvard bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishgan. Tomonlar shartnomani ikki yilga uzaytirib, Messi 2025-yilga qadar Parij klubida toʻp suradi. Qayd etilishicha, Lionelning maoshi oshiriladi. Yangi kelishuv haqida yaqin orada rasmiy xabar berilishi mumkin.
Avvalroq, Messi JCH-2022dan keyin qarorini oʻzgartirmoqchi ekani va faoliyatini AQSHning “Inter Mayami” klubida davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, unga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Maʼlumot uchun, 35 yoshli forvard 2021-yildan buyon Parij klubi sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum Fransiya chempionatida 15 oʻyinda 8 ta gol va 10 ta assistga mualliflik qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112613 | Инструменты