Huawei 1
“Manchester Yunayted” 15 yil deganda “Barsa”ni mag'lub etdi, Xavi jamoasi 14 oy ichida 4 marta yevrokuboklardan chiqib ketdi

Yevropa Ligasi 1/16 finalidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” – “Barselona” o‘yinida “mankunianlar” 2:1 hisobida (umumiy hisob 4:3) g‘alaba qozondi va musobaqaning nimchorak finaliga yo‘l oldi.

“Manchester Evening News” nashrining xabar berishicha, ingliz klubi 2008-yildan buyon ilk bor kataloniyaliklar ustidan g‘alaba qozongan. O‘sha vaqtda “qizil iblislar” Chempionlar Ligasi yarim finalida ispan jamoasi ustidan 1:0 hisobida zafar quchgan. Shundan beri jamoalar o‘zaro 5 marta to‘qnash kelgan va 4 tasida “Barselona”ning qo‘li baland kelgan. Bitta o‘yinda durang natija qayd etilgan.

G‘alaba orqali manchesterliklar joriy mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 9 ta o‘yinga uzaytirdi. Erik ten Hag jamoasi so‘nggi bor 22-yanvar kuni APL doirasida “Arsenal”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Shundan so‘ng jamoa 7 ta g‘alaba va 2 ta durang natija qayd etdi. “Barselona” esa 2022-yil oktabrdan buyon ilk bor mag‘lubiyatga uchradi. Xavi shogirdlari so‘nggi bor 26-oktabrda “Bavariya”ga imkoniyatni boy bergandi. Shundan keyin “ko‘k-anorranglilar” 16 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etgandi.

Xavi qo‘l ostida jamoa so‘nggi 14 oyda 4 marta Yevrokuboklardan chiqib ketdi. 2021-22-yilgi mavsumda YChL guruh bosqichidan va Yevropa Ligasi 1/4 final bosqichidan, joriy mavsumda esa yana bir bor YChL guruh bosqichi hamda YL 1/16 finalida mag‘lub bo‘lib, o‘z yurishini to‘xtatdi.

Mavzuga doir:

“Barselona”ga qarshi kechgan irodali g‘alabadan keyin MYU bosh murabbiyi nimalar dedi?

“Hammasini detallar hal qildi”, — Xavi “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsdagi mag‘lubiyat sabablarini ochiqladi

“Futbolchilar hayotida hech bo'lmasa 1 marta o‘ynashni istaydigan, YChL darajasidagi katta o‘yin bo‘ladi”, — Xavi MYUga qarshi bahs haqida

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71211 | Инструменты