Huawei 1
“Manchester Yunayted” Chempionlar Ligasiga chiqa olmagan har mavsumi uchun Adidas'ga 10 mln funt to'laydi

“Manchester Yunayted” 2035-yilgacha Chempionlar Ligasiga chiqa olmagan har mavsumi uchun Adidas kompaniyasiga 10 million funt jarima to'laydi.

“Adidas va “Manchester Yunayted” klubining yangi shartnomasida 10 million funt sterling miqdoridagi jarima haqida band kiritildi. Unga ko‘ra, klub Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, bu band kuchga kiradi”, — deb yozadi The Times.

“Manchester Yunayted”ning Adidas bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilgacha mo‘ljallangan va uning qiymati 750 million funtni tashkil qiladi. Yangi kelishuv 2035-yilgacha amal qiladi.

Yangi shartnomaga ko‘ra, erkaklar yoki ayollar jamoasi liga, Angliya kubogi yoki qit’a turnirida g‘olib chiqqanida “Manchester Yunayted” 4,4 million funt sterlinggacha bonus oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42820 | Инструменты