“Oltin toʻp” topshirish marosimi bugun tunda boʻlib oʻtadi
Ispaniyaning “Marca” nashri bugun, 17-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan “Oltin toʻp”ni topshirish marosimida asosiy mukofotni kim olishi borasida oʻz prognozlari bilan boʻlishdi.
Unga koʻra, “Real Madrid” hujumchisi Karim Benzema “Yilning eng yaxshi futbolchisi” deb topilib, “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritadi. Shuningdek, marosimda “Yilning eng yaxshi darvozaboni” sovrini uning jamoadoshi, belgiyalik Tibo Kurtuaga topshiriladi.
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Gavi esa “Eng yaxshi yosh futbolchi” sovrinini qoʻlga kiritadi. Undan keyingi oʻrinlarni Bellingem, Pedri hamda Musiala egallashi kutilmoqda.
Avvalroq, “Goal” nashri talqiniga koʻra “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritish ehtimoli boʻlgan futbolchilar yakuniy oʻnlik reytingini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10911 | Инструменты