“Men “Liverpul”ga yarim himoyachi kerak emas, degandim. Adashgan ekanman”, — Yurgen Klopp
Angliyaning “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa yarim himoyachilari orasida 4 nafari jarohatlar tufayli safdan chiqqanidan soʻng, klub bu pozitsiyani kuchaytirish ustida ish boshlaganini aytdi.
“Ha, men ”Liverpul”ga yarim himoyachi kerak emas degandim, adashgan ekanman. Endi bu pozitsiyani kuchaytirish boʻyicha ish boshladik, ammo u tarkibni haqiqatdan ham kuchaytiroladigan futbolchi boʻlishi kerak. Boshqa narsani qoʻshimcha qilolmayman.
Albatta transfer bozoridagi ishimiz hech qachon toʻxtamaydi. Ammo, baʼzida bitimlarni amalga oshirish imkonsiz boʻladi — narxning biroz qimmatligi yoki futbolchi bizga umuman toʻgʻri kelmasligi bunga sabab boʻladi”, — deydi Klopp.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” yozgi transferlar oynasida 3 futbolchi bilan shartnoma imzoladi – Darvin Nunyes (“Benfika”, 75 mln), Fabio Karvalyu (“Fulhem”, 5,9 mln) va Kelvin Remsi (“Aberdin”, 4,9 mln).
Alpha version: 0.9.1.19 build 122321 | Инструменты