Futbolchi italiyalik hakamdan norozi ekanini aytdi
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Argentinaga qarshi Jahon chempionati yarim finalidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Argentinani tabriklayman, ularning gʻalabasiga soya solmoqchi emasman. Ular finalda oʻynashga loyiq. Ammo birinchi golga olib kelgan penalti - penalti emas edi. U bizni yanchib tashladi.
Men odatda hakam haqida gapirmayman, biroq bugun gapirmaslik imkonsiz. Orsato - men bilgan hakamlar orasida eng yomonlaridan biri va buni faqat bugungi oʻyin tufayli gapirmayapman, men u boshqargan ancha oʻyinlarda ishtirok etganman. U haqida hech bir oʻyindan soʻng yaxshi taassurot qolmagan. Bu o'yinda qilingan ishlar esa shunchaki falokat!”, — deydi Modrich.
Avvalroq, Lionel Messining Xorvatiyaga qarshi bahsdan so'ng fikr bildirgani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga doir:
Lionel Messi 2 ko‘rsatkich bo‘yicha Mundiallar tarixidagi rekordchiga aylandi
Alpha version: 0.9.1.19 build 11203 | Инструменты