Huawei 1
Messi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati haqidagi savolga javob berdi

Argentina terma jamoasi bilan Jahon chempionatida chempion boʻlgan Lionel Messi 2026-yilgi Mundialda ishtirok etish imkoniyati haqidagi savolga javob berdi.

“Bilmayman, men har doim yoshim tufayli ungacha yetib borish juda qiyin boʻlib tuyulayotganini aytganman. Futbol oʻynashni, qilayotgan ishimni sevaman. Formada boʻlsam, oʻzimni yaxshi his qilsam va futboldan zavqlanishda davom etsam, oʻynayveraman. Ammo navbatdagi Jahon chempionatiga hali ancha vaqt bor.

Skaloni 10-raqamni saqlab turishini aytdi? Oldindan gapirishni xohlamayman. Takrorlayman: menga yosh va vaqt tufayli qiyin boʻladi. Lekin bu mening faoliyatim qanday oʻtishiga bogʻliq. Yaqinda 36 yoshga toʻlaman. Vaziyatga va holatimga qarab baho chiqaram, keyin nima qilishimni hal qilaman. Ishtirokim juda ko‘p narsaga bogʻliq”, — deydi  Messi.

Avvalroq, sobiq futbolchi Devid Bekxem Messi va Ronaldu ikkisidan qay birini ko'proq yaxshi ko'rishini aytgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112609 | Инструменты