Huawei 1
“Messi gol urganida ko‘zlarimga yosh keldi”, — Rafael Nadal JCH finali haqida

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal JCH—2022 finalidagi hissiyotlari bilan bo‘lishdi.

“Ushbu o‘yinga shunchaki tomosha uchun borgandim, chunki, Ispaniya nimchorak finaldayoq musobaqani tark etgandi. Juda ajoyib final bo‘ldi. Fransiyalik do‘stlarim uchun qayg‘udaman, Parij va Fransiya men uchun ko‘p narsani anglatadi. Biroq, Argentinadan ham juda ko‘p do‘stlarim bor.

Bu sport turini yaxshi ko‘raman va Messi kubokni boshi uzra ko‘targanidan xursandman. Shunday buyuk faoliyat ajoyib kulminatsiyaga yetgani, Argentina uchun ko‘p narsani anglatadi. Menimcha, bu adolatli bo‘ldi. Argentinaga muxlis emasdim, lekin qo‘shimcha bo‘limlarda Messi gol urgach, ko‘zlarimga yosh keldi. Leo faoliyatida yetishmayotgan sovringa ega chiqdi, bu hissiyotlarni tushunaman. UFinal menga juda yoqdi, ayniqsa, 70-daqiqadan keyin”, — deydi Nadal.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22212 | Инструменты