Huawei 1
Modrich Xorvatiya terma jamoasi tarixida Niko Kovach o'rnatgan rekordni yangiladi

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Millatlar Ligasi 6-turi doirasida kechgan Avstriyaga qarshi bahsda (3:1) gol urdi.

Shu tariqa “Real” yetakchisi Xorvatiya terma jamoasi safida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Modrich o‘yin kuni 37 yosh-u 17 kunlik edi. Luka bu borada Niko Kovachning (36 yosh-u 327 kun) rekordini yangiladi.

Shuningdek, Modrich Xorvatiya terma jamoa safidagi gollari sonini 23 taga yetkazib, Dario Srnani ortda qoldirdi va to‘purarlar ro‘yxatida beshinchi o‘ringa chiqib oldi. Faqat Eduardo da Silva (29), Ivan Perishich (32), Mario Manjukich (33) va Davor Shuker (45) undan oldinda.

Ma’lumot uchun, Xorvatiya terma jamoasi Millatlar Ligasining yarim finaliga yo‘l oldi.

Avvalroq, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivye Jiruning ham terma jamoa tarixida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11209 | Инструменты