Neymar nima uchun 2023 yilning yozida PSJdan «Al Hilol»ga o‘tganini tushuntirib berdi.
«Al Hilol»ning taklifidan o‘ng PSJni tark etishga qaror qildim. Qarorimga pulni hech qanday aloqasi yo‘q edi. Men Parijda baxtli emas edim. Klub va murabbiylar meni jamoada ko‘rishni istashmadi. Ular bilan bu haqida gaplashganimdan so‘ng Parijdan ketish vaqti kelganini tushunib yetdim. Shundan so‘ng «Al Hilol» vakillari menga aloqaga chiqishdi. Men klub, mamlakat madaniyati va chempionat bilan tanishganimdan so‘ng Saudiyaga borishga rozi bo‘ldim», — deb fikr bildirdi Neymar.
Eslatib o‘tamiz, Neymarning «Al Hilol» bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Futbolchi joriy mavsum jarohatlar sababli atigi 42 daqiqa harakat qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121919 | Инструменты