“Temir yo'l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida ko'rsatiladigan xizmatlar ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida”gi Hukumat qarori (851-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi.
Unga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:
Temir yo'l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar ro'yxati;
Temir yo'l transporti sohasida bozor tamoyillari asosida ko'rsatiladigan xizmatlar ro'yxati;
Temir yo'l transporti sohasida iste'molchilarga bepul ko'rsatiladigan xizmatlar ro'yxati.
Bunda iste'molchilarga aravacha, ona va bola xonasidan foydalanish, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar, yo'l davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul taqdim etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121919 | Инструменты