Huawei 1
Financial Times ham Donald Trampni “Yil odami” deb e’lon qildi

Financial Times AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampni “Yil odami” sifatida e’tirof etdi. E’tiborli tomoni, mazkur nashr 2016-yilda ham Trampni “Yil odami” deb tan olgandi.

“Trampning qaytishi — dramatik voqea”

Financial Times Trampning prezidentlikka qaytishini “dramatik voqea” sifatida baholadi. “2021-yilning yanvarida Donald Tramp Kapitoliyga olomon hujumi uyushtirilishiga sababchi bo‘lgandi. Bu 1812-yilgi urush paytida Britaniya qo‘shinlari tomonidan yoqib yuborilganidan beri Amerika qonun chiqaruvchi organiga qilingan birinchi hujum edi”, deyiladi  Financial Times nashridagi maqolada.

Qayd etilishicha, o‘sha paytda hatto Trampning sadoqatli tarafdorlari ham unga qarshi chiqishgan. Amerika va dunyoning aksariyat qismi Jo Baydenning Tramp prezidentligini “noxush muddat” bo‘lgan degan fikriga qo‘shilgan.

“Shuncha voqeadan keyin ham Tramp yana siyosatga qaytmoqda. Uning mamlakatni tartibga solish va soliqlarni kamaytirish bo‘yicha va’dalari fuqarolarni ishontira oldi”, deyiladi maqolada.

Yangi muddat qanday bo‘ladi?

“Trampning yangi prezidentlik muddati qanchalik yaxshi yoki yomon bo‘lishini baholash qiyin. Tramp o‘zining ichki raqiblaridan o‘ch oladi, deb ishonish uchun jiddiy asoslar bor”, deyiladi maqolada. Biroq qarama-qarshi fikrlar ham mavjud.

2024-yilgi saylov kampaniyasi menejeri va Oq uy apparati bo‘lajak rahbari Syuzi Uayls Trampning “qasos olishi” kuchli iqtisodiyotni tiklash bo‘lishini taxmin qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121920 | Инструменты