Norvegiya 2026-yilgi Jahon chempionati uchun saralash doirasida Isroilga qarshi o‘ynashdan bosh tortdi. Bu haqda Norvegiya futbol federatsiyasi prezidenti va sobiq futbolchi Liza Klaveness ma’lum qildi.
Klavenessga ko‘ra, Norvegiya futbol federatsiyasi Norvegiya hukumatining G‘azoda begunoh tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan hujumlarni darhol to‘xtatish talabi bilan bir pozitsiyada turadi.
“Qur’a biz uchun faqat sport jihatidan emas, balki boshqa tomondan ham qiyin. Hech birimiz G‘azodagi tinch aholiga Isroil tomonidan uzoq vaqt davomida amalga oshirilgan hujumlarga befarq qololmaydi”, dedi federatsiya prezidenti.
Klaveness shuningdek, Norvegiya xalqaro maydonda Isroilga qarshi sanksiyalar qo‘llash chaqiriqlariga faol qatnashayotganini ta’kidlagan.
“Isroil hanuz UEFA musobaqalarida qatnashmoqda. Biz bunga qarshi turishimiz kerak. Biz FIFA, UEFA va Norvegiya hukumati bilan holatni yaqindan kuzatib bormoqdamiz”, deydi u.
Klaveness, shuningdek, o‘z mamlakatining Falastin futboliga bo‘lgan yaqinligini ta’kidlagan.
“Biz bu mintaqaga va Falastin futbol federatsiyasiga boshqa ko‘plab yevropalik federatsiyalardan ko‘ra yaqinroqmiz. Chunki, so‘nggi 10 yildan buyon bu yerda faoliyat yurityapmiz – o‘qituvchilar bolalar uchun maktablarda va qochqinlar lagerlarida futbol faoliyatini tashkil etmoqda”, deydi u.
Ma’lumot uchun, Norvegiya va Isroil jamoalari 2025 yil 25 mart va 11 oktyabr kunlari Jahon chempionati saralash o‘yinlarida uchrashishi kerak.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122017 | Инструменты