O‘zbekiston amputantlar terma jamoasining nimchorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Turkiyada nogiron-amputantlar oʻrtasidagi 17-jahon chempionati guruh bosqich bahslari yakunlandi.
Unda Kolumbiya terma jamoasi B guruhida 3-oʻrinni egallab, nimchorak finalda Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi toʻqnash keladigan boʻldi. Kolumbiyaliklarning guruh oʻyinlarida 1 tadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etgan edi.
Oʻzbekiston – Kolumbiya oʻrtasidagi bahs gʻolibiga chorak finalda Eron hamda Italiya juftligida g‘olib bo‘lgan jamoa raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, nimchorak final uchrashuvlari 5-oktyabrda boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston shu paytga qadar tarixda 5 marta: 1990, 1991, 2007, 2010, 2012-yillarda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Avvalroq, terma jamoamizning Polsha, Ispaniya hamda Tanzaniyaga qarshi guruh bosqichidagi bahslari qanday natija bilan yakunlangani haqida xabarlar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22216 | Инструменты