O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘yinini yaponiyalik Yasuke Araki va Eronga qarshi bahsni Ahmad Abu Bakar al-Kaf boshqarib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qirg‘iz Respublikasi va Eron terma jamoalariga qarshi o‘tkazadi.
O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Yasuke Araki, unga qanotlarda hamyurtlari Yun Mixara va Kota Vatanabe yordam beradi. 4-rasmiy hakam Ryo Tanimoto. VAR'da esa Yumpel Lida ishlaydi.
Shuningdek, Eron - O‘zbekiston o‘yini ummonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam Ahmad Abu Bakar al-Kaf, unga qanotlarda Abu Bakar al-Amri va Rashid Hamid al-Gaiti yordam beradi. 4-rasmiy hakam Qosim Matar al-Hatmi. VAR hakami esa singapurlik Muhammad Taqi bin Jahari.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida dastlab, 20 mart kuni Toshkentda Qirg‘izistonga qarshi va 25 mart kuni Tehronda Eronga qarshi maydonga tushadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22519 | Инструменты