Huawei 1
O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati eʼlon qilindi

Asosiy eʼtiborni 2028-yil AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga qaratgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlari doirasida Xitoyda o‘tkaziladigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi.

Kuni kecha bosh murabbiy Ravshan Haydarov mazkur yig‘inga jalb etiladigan futbolchilar ro‘yxatini eʼlon qildi.

Eʼtiborli jihati, terma jamoa tarkibi 2003 va 2004 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan shakllantirildi.

Shuningdek, U-23 terma jamoasiga nomzod futbolchilarni tayyorlash va zaxira nomzodlarining imkoniyatini o‘rganish maqsadida Farhod Nishonov boshqaruvidagi yoshlar terma jamoasi Turkiyada xalqaro o‘yinlar o‘tkazadi. Jamoa tarkibi 2004-2007 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31419 | Инструменты