Huawei 1
O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi

Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi nufuzli turnirda o‘zbekistonlik hakamlar ishlashadi.

Joriy yilning 15-aprelidan 3-mayiga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ahamiyatli jihati, ushbu musobaqada ishlovchi rasmiylar ro‘yxatidan 5 nafar vakilimiz ham joy olgan.

Bosh hakam Rustam Lutfullin, yordamchi hakamlardan Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov, shuningdek, VAR hakami Firdavs Norsafarov hamda hakamlar nazoratchisi Vladislav Syeytlin musobaqaga ishlash uchun jalb etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110806 | Инструменты