Huawei 1
OCHL. “Navbahor” “Mumbay Siti” ustidan g'alaba qozondi, “Nasaf” esa “As-Sadd” bilan durang o‘ynadi

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 6-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda “Navbahor” safarda “Mumbay Siti” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 16-daqiqasida El Hayati hisobni ochdi. 29-daqiqada Jamshid Iskanderov jarima zarbasidan gol urib, muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim oxirida Yovan Jokich namanganliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda gol urilmadi va uchrashuv “Navbahor”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa Samvel Babayan jamoasi 13 ochko bilan guruhni 2-o‘rinda yakunladi va pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Shuningdek, B guruhida “Nasaf” “As-Sadd”ga qarshi bahs olib bordi. 

Uchrashuvning 6-daqiqasida “As-Sadd” futbolchisi Mateus Uribe hisobni ochdi. 83-daqiqaga kelib, "Nasaf" hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Jambuli Jigauri boshi bilan gol urdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Jigauri yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va “Nasaf”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 

Biroq, hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa “As-Sadd” hisobni tenglashtirdi. O‘yin 2:2 hisobida yakunlandi va Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 11 ochko bilan guruh yetakchisi sifatida keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51012 | Инструменты