Myunxen klubi bosh direktori “Barselona” bilan bir guruhdan joy olishganini ko'rgach, kulib qo'ygan
Germaniyaning “Bavariya” klubi bosh direktori Oliver Kan Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimida Myunxen klubi joy olgan guruhga “Barselona” tushganida nima sababdan kulganiga izoh berdi.
“Kulganimning sababi? Ha esladim, bizga eng oxirida “Barselona” tushdi va xayolimga bir nechta narsa esimga tushdi. Yaqinda Robert (Levandovski) jamoamizni tark etib, “Barsa”ga borib qo'shilgan va ilk intervyularidan birida biz bilan YChLda bir guruhga tushishni xohlamasligini aytgan edi. O'tgan yilgi o'yinlarni ham eslar ekanman, beixtiyor yuzimga tabassum yugurdi”, — deydi Oliver Kan.
Avvalroq, Robert Levandovskining YChL guruh bosqichi qur'asi haqida berilgan savolga: “Faqat “Bavariya” bilan emas, iltimos”, — deya javob bergani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga doir:
“Bavariya” va “Barselona” bilan bir guruhdan joy olgan “Inter” bosh murabbiyi qur'a haqida gapirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121610 | Инструменты