Kecha futbol bo'yicha O'zbekiston chempionatining 17-tur o'yinlariga yakun yasaladi.
Kecha mazkur turdan o'rin olgan 7ta bahs bo'lib o'tdi.
Bekobod shahrida "Metallurg" kichik hisobda "Muborak"dan ustun kelgan bo'lsa, poytaxtning "Obod" jamoasi "Qo'qon-1912" maydonida huddi shunday hisobda mag'lubiyatga uchradi.
Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'lgan "Lokomotiv" esa safarda raqib darvozasi 4ta gol urib 3 ochkoga ega bo'ldi. Toshkentning yana bir jamoasi "Paxtakor" esa o'z maydonida "Neftchi"ni yirik 6:0 hisobda taslim qildi. Shu tariqa Shota Arveladze boshchiligida "sherlar" ilk bor zafar quchishdi.
Namanganda o'tgan "Navbahor" - "Qizilqum" bahsi ham murosasiz o'tdi va gollarga boy bo'ldi. Buxoroda esa "Nasaf" qimmatli ochkolarni boy berdi.
Metallurg (Bekobod) – Mash'al (Muborak) 0:1
Hakam: R. Ermatov (Toshkent)
Gollar: Bobur Qosimov 18, - 0:1.
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Obod (Toshkent) 1:0
Hakam: A. Rahimov (Andijon)
Gol: Javohir Sidiqov 25, - 1:0
So'g'diyona (Jizzax) – Lokomotiv (Toshkent) 0:4
Hakam: T. To'xtasinov (Andijon)
Sho'rtan (G'uzor) – Dinamo (Samarqand) 1:0
Hakam: Z. Qodirov (Navoiy)
Gol: Hakimxon Alamxonov 74 avtogol, - 1:0.
Paxtakor (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona) 6:0
Hakam: A. Asimov (Toshkent)
Gollar: Azim Ahmedov 53, - 1:0. Igor Sergeev 60, - 2:0. Igor Sergeev 64, - 3:0. Tiago Bezerra 78, - 4:0. Tiago Bezerra 90, - 5:0. Vladimir Kozak 90+1, - 6:0.
Navbahor (Namangan) – Qizilqum (Navoiy) 3:2
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent)
Gollar: Ro'zimboy Ahmedov 12, - 1:0. Artur Gevorkyan 17, - 1:1. Dilshod Jabborov 32 penalti, - 2:1. Ilhom Yunusov 63 penalti, - 2:2. Azizbek Turg'unboev 67, - 3:2.
Buxoro (Buxoro) – Nasaf (Qarshi) 1:0
Hakam: V. Kovalenko (Toshkent)
Gol: Javohir Qahramonov 74, - 1:0.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90411 | Инструменты