Huawei 1
O‘zbekiston va Moldova 2026-yildan avtomobil orqali yuk tashuvlari uchun ruxsatnomalarni bekor qiladi

Kishinyov shahrida avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Moldova qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi Moldova transport va yo‘l infratuzilma vazirligi vakillari bilan avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasini rivojlantirish, ushbu jarayonda milliy tashuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalasini muhokama etishdi.

Uchrashuvda avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari masalalari bo‘yicha amaldagi kelishuvlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha bayonnoma imzolandi. Unga ko‘ra 2026-yil boshidan Moldova bilan ikki tomonlama/tranzit yuk tashuvlarida ruxsatnomasiz tizimga o‘tish ko‘zda tutilgan.

Mazkur kelishuv avtomobil transportida Yevropa yo‘nalishida yuk tashuvlarini rivojlantirishda milliy tashuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratib, tashqi iqtisodiy aloqalar rivoji va eksport zanjiri barqarorligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90322 | Инструменты