Huawei 1
“O'sha kuni maydondagi 11 futbolchimizda kamida 5 tasi final darajasiga ham, raqib darajasiga ham mos emasdi”, — Desham

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Qatardagi JCH-2022 finalidagi magʻlubiyat sabablari haqida gapirdi.

“Finalda 4-5 nafar futbolchimizning jismoniy holati yaxshi emasdi. Qolarvesa, aksariyat oʻyinchilar uchun bu final hayotidagi birinchisi ekani uchun hayajon va bosimni his qilishdi. Bir soat davomida maydonda umuman yoʻqolgandik. Bu men uchun ham gʻalati edi. Keyin esa yoʻq joydan yana gol urib, oʻyinga qaytdik.

Shu kuni asosiy tarkibda maydonga tushgan 11 oʻyinchidan eng kamida 5 nafari oʻz darajasiga ham, final darajasiga ham, raqib darajasiga ham umuman mos emasdi”, — deydi Desham.

Eslatib oʻtamiz, Didye kecha, 7-yanvar kuni Fransiya terma jamoasi bilan kelishuvni 2026-yilga qadar uzaytirdi.

Ma’lumot uchun, Argentina va Fransiya oʻrtasidagi finalning asosiy va qoʻshimcha boʻlimlarida durang (2:2, 3:3) qayd etilgach, fransuzlar penaltilar seriyasida magʻlubiyatga uchragandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101614 | Инструменты