Huawei 1
Toshkent viloyatida “Jiguli” haydovchisi qoidalarni buzib, YTH sodir etdi

Toshkent viloyati IIBB YHXX xabariga ko‘ra, joriy yilning 15 oktyabr kuni soat tahminan 12:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani “Nayman” MFY hududidan o‘tgan yo‘lda xaydovchi 1989 yilda tug‘ilgan M.Z “Vaz 2101” rusumli transport vositasida yo‘l harakati qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqn hola svetafor chiroqlariga amal qilmasdan xarakatlanib kelayotgan vaqtida ushbu yo‘lga qo‘shilish maqsadida ichki ko‘chadan chiqib kelgan xaydovchi 1987 yilda tug‘ilgan Q.Q boshqaruvidagi “Niva” rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Ushbu YTH natijasida, “Vaz 2101” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 2009 tug‘ilgan A.Z. yengil tan jarohati olib, tuman shifohonasiga murojaat qilgan.    

Mazkur xolat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101616 | Инструменты